Tokio prokuraturasi Yaponiya tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Masatosi Akimotoni shamol energetikasi kompaniyalari manfaatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yirik miqdorda pora olishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hibsga oldi. Bu haqda “NHK” telekanali xabar berdi. 4 avgust kuni prokuratura xodimlari Akimitoning xizmat xonasida tintuv o‘tkazgan. Gap taxminan 60 million iyen – 400 ming dollarlik pora xususida ketmoqda. Ayblanuvchi 2021 yildan shu kungacha “Japan Wind Development” kompaniyasidan pora olib kelgani tusmol qilingan.
Holat tufayli Akimoto TIV rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etiladi, hukmron Liberal-demokratiya partiya noibi mandatidan mosuvo qilinadi.
2018 yil bu deputat davlat yeri, infratizilma, transport va turizm vaziri o‘rinbosari edi. Mazkur lavozimda payti u energiyani qayta tiklash kompaniyalari uchun dengizdan foydalanishning yagona qoidasini joriy qiladigan qonunni qabul qilish tashabbusi bilan chiqadi.
Qonun o‘sha yili noyabr oyida qabul qilindi va shamol energetikasi taraqqiyoti uchun qator dengiz zonalari tashkil etildi.
Yaponiyada deputat o‘z tarafdorlari tomonidan tegishli hisobot taqdim etish sharti bilan xayriya mablag‘i olishi mumkin.
“Akimoto esa muayyan shartni bajarmadi”, deb yozdi “Asahi Shimbun” nashri.