“Yangi O‘zbekiston” universitetida Diffusion Fundamentals – X xalqaro ilmiy anjuman o‘z ishini boshladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining matbuot xizmati ma’lum qildi.
Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov va Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ochib berishdi.
Tadbirda Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Fransiya va Avstriya kabi mamlakatlarning jahon reytingida yuqori o‘rinlarni egallab turgan 25 ta oliy o‘quv yurtining prezidentlari, olim va o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Anjumanning mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilishi– kimyo, fizika, kompyuter fanlari va matematika sohasida ilmiy ishlar olib borayotgan mahalliy olimlarga o‘z ishlanmalarini butun dunyo olimlari bilan muhokama qilish orqali takomllashtirish uchun katta imkoniyatdir.
Xalqaro anjuman 3 kun davom etadi.
N. Usmonova, O‘zA.