Xitoyning Shanxay shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT)ga a’zo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi – o‘ninchi majlisi hamda Yuridik xizmatlar bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Vazir mamlakatimiz huquq tizimidagi muhim o‘zgarishlar haqida ma’ruza qildi.
Tadbirda SHHTga a’zo davlatlar adliya vazirlari yig‘ilishi tashkil qilinganidan buyon o‘tgan o‘n yil davomida erishilgan natijalar va chaqiriqlar muhokama qilindi. Adliya sohasida ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash vazifalari ko‘rib chiqildi.
Adliya bilan bog‘liq yangi o‘zgarishlar, o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tomonlarning umumiy kelishuvlarini aks ettiruvchi qo‘shma bayonot imzolandi.
N.Abduraimova, O‘zA