O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston bo‘yicha aksilterror kompaniyasi rahbari Bxavik Shax bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish, jahon hamjamiyatining mamlakat iqtisodiyotini tiklashdagi sa’y-harakatlarini faollashtirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Bxavik Shax O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yaxlit mintaqaviy pozitsiyani rivojlantirishdagi muhim rolini tan olib, Toshkentning mintaqa mamlakatlariga terror tahdidi kirib kelishining oldini olish borasidagi sa’y-harakatiga yuqori baho berdi.

 

O‘zA