KXDR yetakchisi Kim Chen In sentyabr oyida Rossiyaga tashrif buyurishni rejalamoqda. Bu haqda “The New York Times” nashri AQSH va ittifoqchi siyosatchilarga tayanib ma’lum qildi.
Xabarda Shimoliy Koreya rahbari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan oy o‘rtasida Vladivostokda uchrashishi mumkinligi aytilgan. Kreml bunday uchrashuv rejasi haqida ma’lumot bermadi.
“NYT” manbalari Kim Chen In Moskvaga va Sharqiy kosmodromga borishi mumkinligini ham bildirgan. Putin va Kim Chen In 2019 yil aprelda ham Vladivostokda uchrashgan.
Avvalroq Oq uy Milliy xavfsizlik kengashida strategik kommunikatsiya bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi Jon Kirbi AQSH harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirayotgani uchun Moskva va Pxenyanga nisbatan sanksiya va boshqa choralar ko‘rishni mo‘ljallayotgani to‘g‘risida bayonot bergan.