Ijtimoiy tarmoqlarda to‘lov tashkilotlari uchun transchegaraviy pul o‘tkazmalariga doir o‘rnatilayotgan cheklovlar yuzasidan tarqalayotgan xabarlar bo‘yicha Markaziy bank quyidagilarni bildiradi:

“BRIO GROUP” MCHJ to‘lov tashkiloti tomonidan Ichki nazorat qoidalarining 31¹-bandi talablari, ya’ni oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarni aks ettirmasdan va ushbu turdagi xalqaro pul o‘tkazmalarini aniqlash bo‘yicha asosli va imkoni mavjud bo‘lgan zaruriy choralar ko‘rilmaganligi ma’lum qilinadi.

“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, rezident yuridik shaxslarga chet elda hisobvaraqlar ochish va undagi valyuta mablag‘larini tasarruf etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining qarorlari doirasida amalga oshirilishi mumkin.

Biroq, amaliyotda “BRIO GROUP” MCHJ (OSON) to‘lov tashkiloti xorijiy bankda hisobvaraq ochib, mazkur bank hisobvarag‘i orqali yuqoridagi Qonun talablariga zid ravishda amaliyotlar o‘tkazgan”, deyiladi rasmiy axborotda.

O‘zA