Yer yuzi bo‘ylab, qariyb, besh milliard kishi yoki sayyoramiz aholisining 60 foizi ijtimoiy tarmoqdan foydalanmoqda. Bu “Kepios” raqamli konsalting firmasi o‘tkazgan tadqiqot natijasida ma’lum bo‘ldi.

Xulosa qilinishicha, 2022 yil tarmoqdan foydalangan odamlar soni 3,7 foiz ko‘paygan va jami internet auditoriyasi (5,19 milliard kishi) bilan tenglashgan. Odamlarning ijtimoiy tarmoqda o‘tkazayotgan vaqti ham oshib, kuniga o‘rtacha 2 soat 26 daqiqaga yetgan.

Ijtimoiy tarmoqda eng faol qatlam 16-24 yosh orasidagi xotin-qizlar ekan, eng sust qatlam esa 55-64 yoshli erkaklar bo‘lib chiqdi. Foydalanuvchilar, asosan, yettita platformaga qo‘shilgan, ularning eng ommabopi “WhatsApp”, “Instagram” va “Facebook”. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda vaqt o‘tkazish mintaqalarda farqlanadi. Masalan, Sharqiy va Markaziy Afrikada har 11 kishining, atigi, bir nafari ijtimoiy tarmoqdan foydalansa, Hindistonda bundaylar har uch kishidan birini tashkil etadi.

O‘zA