Joriy yilning 9 iyul kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon — muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi.
“Saylov – 2023” dasturining navbatdagi sonida Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish haqidagi Markaziy saylov komissiyasining qarori va bugungacha akkreditatsiyadan o‘tkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining umumiy statistikasi haqida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning hududlarda saylovchilar bilan uchrashuvlari xususida so‘nggi yangiliklarni taqdim etamiz.
Ko‘rsatuvning to‘liq shaklini O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
O‘tkir Alimov, Iskandar Ismatov (video), O‘zA