“Tashkent city”dagi “Congress Hall” majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi s’ezdi bo‘lib o‘tdi.

O‘zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi.

Ta’kidlanganidek. O‘zbekistonda inson va biznesning himoyachisi faqat qonun va sud bo‘ladi.

Bugungi kunga qadar 7 turdagi tergov harakatlariga sanksiya berish vakolati sudlarga o‘tkazilgan bo‘lsa, endi ularning doirasi yanada kengayadi.

Bundan buyon tergovda huquqni cheklashga sanksiya berishni alohida sudyalar amalga oshiradi. Ana shunda tergovda – qonuniylik, sudda – xolislik bo‘ladi.

Og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar bo‘yicha hozir taraflar o‘rtasida yarashuv bo‘lsa ham, jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi, odamlar tergov va sudda sarson bo‘lib yuradi.

Shu bois jabrlanuvchining iltimosiga asosan, jinoyat ishini qo‘zg‘atmasdan ham yarashish imkoniyati yaratiladi.

 

O‘zA