Prezidentimiz Mirzaobod tumanida minglab ish o‘rinlari yaratayotgan “Bek klaster”  корхонаси faoliyati bilan tanishdi

Bugun Sirdaryo viloyati zaminida yetishtirilayotgan turfa xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, nafaqat ichki bozor, balki xorijda ham xaridorgir.  

Bunda Prezidentimiz tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligida klaster usuli keng joriy etilayotgani muvaffaqiyatlar omili bo‘layotir. Davlatimiz rahbari Sirdaryo viloyati  Мирзаобод tumanidagi “Bek klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxona tomonidan tashkil etilgan zamonaviy gidroponik issiqxona bilan tanishdi. Bu yerda mehnat qilayotgan xodimlar bilan muloqot qildi.

O‘tgan yili Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi doirasida   “Бек klaster” korxonasini tashkil etish loyihasi taqdim etilgandi. Ushbu loyiha ma’qullanib, davlatimiz rahbarining tegishli qarori qabul qilingandi.  Қисқа davr ichida korxona tashkil etilib, unga Sirdaryo viloyatidan 18 ming gektar yer ajratildi. Ushbu yerlarda paxta, g‘alla va boshqa donli ekinlar parvarishlanmoqda. Zamonaviy texnikalar xarid qilingan.

Мазкур ko‘p tarmoqli klaster tomonidan Mirzaobod tumanida 100 gektar maydonda Janubiy Koreya texnologiyati asosida zamonaviy gidroponik issiqxona barpo qilinayotir. Bu yerda yiliga 50 million dollarlik mahsulot yetishtirish, ularni 100 foiz eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan. Sayxunobod va Mirzaobod tumanlarida ip-kalava va jinsi matolari ishlab chiqarish korxonalari, uzumzor, anor bog‘i tashkil etilmoqda.

Bek klaster01.jpg

Ayni paytda qo‘shma korxona qoshida o‘simlik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va tekshirish ilmiy-amaliy markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu yerda tuproq tahlili, o‘simliklar biotexnologiyasi va himoyasi, seleksiya va paxta urug‘chiligi, poliz va sabzavot urug‘chiligi, o‘simliklar genetikasi laboratoriyalari ochiladi. Asosiy maqsad qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdan iborat.  Энг muhimi, ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Davlatimiz rahbari issiqxona konstruksiyalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, meva-sabzavotchilik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, klaster qoshida tashkil etiladigan ilmiy-amaliy markaz faoliyatini  такомиллаштириш yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

– Qishloq xo‘jaligiga ilmiy yondashmay qo‘yganimiz sababli, ayrim ekinlardan kutilgan  ҳосилни ololmayapmiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Shu jihatdan “Bek klaster” korxonasi qoshida ish boshlaydigan ilmiy-amaliy markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bunday markazlarni boshqa klasterlarda ham tashkil etish kerak. Biz nafaqat sifatli mahsulot yetishtirish, uning xaridorini topishni ham o‘ylashimiz lozim. Bugungi zamon shiddati shuni talab qiladi.

Prezident qishloq xo‘jaligi texnikalarini ham ko‘zdan kechirdi.

Davlatimiz rahbari  “Social web solution” korxonasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan AKT dasturiga alohida e’tibor qaratdi. Bu dastur elektron savdoni kengaytirish, internet orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida aholiga ko‘plab qulayliklar yaratadi.

Davlatimiz rahbari dastur tashabbuskorlarini qo‘llab-quvvatlash, undan foydalanishni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Shu yerda Sirdaryo viloyatida baliqchilik, chorvachilik, ipakchilik va ko‘nchilikni rivojlantirish, 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan irrigatsiya va melioratsiya davlat dasturi,  шоли yetishtirish,  лалми va tomorqa yerlardan samarali foydalanish, irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar va xorijlik investorlar bilan muloqot qildi, loyihalar samaradorligini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

 

Ziyodulla Jonibekov, O‘zA