Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nukus shahrida yer maydoni olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Jumladan, fuqaro Ye.D. Nukus shahridagi “Sh.B.” bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatiga qarashli 6 sotix yer maydonini fuqaro J.A.ga tanishlari yordamida rasmiylashtirib olib berish evaziga 73 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dovud ABIBULLAEV,  

O‘zA muxbiri