Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “Aqtuba tekstil” korxonasi yiliga 3 million donadan ziyod trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Yangi korxonada 500 ta ish o‘rni yaratilgan.

Korxonaga Germaniya, Yaponiya va Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan. Bu yerda yiliga 6 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan.

A’lo ABDULLAEV (surat), O‘zA