Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” o‘yingohida “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarining ayollar futboli bo‘yicha Osiyo mintaqasi saralash bosqichi «A» guruhidan o‘rin olgan jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlar boshlandi.
Bugun terma jamoamiz Butan jamoasi qizlari bilan maydonda kuch sinashdi. Uchrashuvning ilk daqiqalarida hisobni O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyora Habibullayevaning raqib darvozasiga yo‘llagan goli ochib berdi.
Terma jamoamiz ustunligida o‘tgan o‘yin 9:0 hisobida terma jamoamiz qizlarining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Parij-2024 yo‘lidagi ilk o‘yinda muvaffaqiyatga erishgan hamyurtlarimiz endi guruhdagi navbatdagi uchrashuvni 8 aprel kuni Timor Leste jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
N. Rahmonova, O‘zA