Bugun Germaniyaning Berlin shahrida shaxmat bo‘yicha “The Armageddon Championship Series” chempionati doirasidagi “Asia & Oceania” turniri boshlanadi.
FIDE reytingida kuchli 50 talikdan joy olgan shaxmatchilar ishtirok etayotgan mazkur turnirda Osiyo-Okeaniya mintaqasining 6 nafar nomdor shaxmatchisi bilan birgalikda Nodirbek Abdusattorov ham g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Musobaqada qatnashayotgan Abdusattorov ilk o‘yinini hindistonlik Vidit Gujratiga qarshi o‘tkazadi.
Osiyo-Okeaniya mintaqasi bahslari 9 aprelga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, “The Armageddon Championship Series” turniri «Afrika-Yevropa», “Amerika”, “Osiyo-Okeaniya”, «Ayollar haftaligi» bosqichlarida o‘tkazilib, so‘nggi «Grand-final» chempionlik uchrashuvlari bilan poyoniga yetadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA