BMT Xavfsizlik kengashi Rossiyaning “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim -2” gaz quvurlarida portlash yuzasidan Tashkilot shafeligida xalqaro tergov o‘tkazish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlamadi. 27 mart kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida Rossiya, Xitoy va Braziliya hujjatni ma’qulladi, Xavfsizlik kengashining 12 a’zosi esa betaraf qoldi.
Rezolyutsiyani qabul qilish uchun kamida to‘qqizta a’zo uni ma’qullashi va Rossiya, Xitoy, Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya tomonidan unga veto qo‘yilmasligi kerak.
Betaraf qolgan davlatlarning aksariyati ayrim mamlakatlar olib borayotgan milliy tergov natijalarini kutish istagi bilan izohladi, deya ta’kidladi “Reuters” agentligi.
Xususan, AQSHning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Robert Vudning aytishicha, Shvetsiya, Daniya va Germaniya “har tomonlama, shaffof va xolis tergov olib borishmoqda. Shuning uchun xalqaro tergovga ehtiyoj yo‘q”.
So‘nggi oylarda Moskva “Shimoliy oqim”lardagi portlashlar bo‘yicha milliy teshiruvlar o‘tkazayotgan davlatlar bu haqda Rossiyani xabardor qilmayotgani haqida bir necha bor qoralab chiqqan edi.
O‘zA