Avstraliya AQSHdan uchta Virginia turidagi atom suvosti kemasini sotib oladi, ularga keyinroq yana ikkita submarina qo‘shiladi, dedi AQSH ma’muriyatining yuqori lavozimli vakili.
“Avstraliya dengizchilari o‘qitilgandan keyin, mamlakat Qo‘shma Shtatlardan Virginia turidagi uchta suvosti kemasini qurol-yarog‘i bilan sotib oladi, keyinroq agar zarur bo‘lsa yana ikkita suvosti kemasini sotib olishi mumkin”, – degan u brifingda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Amerika submarinalarini 2030 yilgacha yetkazib berish rejalashtirilmoqda. Ushbu xarid AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya o‘rtasida Kanberrani atom suvosti kemalari bilan ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli rejaning ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.