AQSH Prezidenti Jo Bayden yaqin orada Xitoy Raisi Si Szinpin bilan telefon yoki videokonferens orqali muloqot qilmoqchi. Amerika yetakchisi Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak bilan Kaliforniya shtatining San-Diyego shahrida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuv nihoyasida jurnalistlar savollariga javob berar ekan, shunday niyati borligini ma’lum qildi.
Oq uy matbuot xizmatining xabarida AQSH – Xitoy rahbarlarining uchrashuvi qachon bo‘lishi to‘g‘risidagi savolga Bayden aniq javob berolmasligini aytgan.
Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Pekin Vashington, Kanberra va Londonning Avstraliyani “AUKUS” uch tomonlama hamkorligi doirasida yadroviy suvosti kemalari bilan ta’minlash haqidagi xabarlarni Xitoyga qarshi tajovuz sifatida qabul qilishdan qo‘rqmasligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Bayden Sunak taklifiga binoan Shimoliy Irlandiyaga tashrif buyurishini ma’lum qildi.
O‘zA