Ayni vaqtda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Termiz shahrida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi sessiyasi davom etmoqda.

Prezident 257 ta maktab qurilgani va rekonstruksiya boʻlgani, bogʻcha qamrovi 18 foizdan 62 foizga yetkazilganini alohida taʼkidladi.

Shuningdek, viloyatda 302 ming aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangani qayt etildi.

1 ming kilometr xalqaro va 3 ming kilometr ichki yo‘llar ta’mirlanganiga e’tibor qaratildi.

— Eng asosiysi, odamlarimiz va tadbirkorlarda kelajakka ishonch paydo bo‘ldi. Endi, ko‘nglimdagi bitta gapni aytsam. Agar yana bir-ikki yil birgalikda qattiq ishlasak, Surxondaryoda juda katta rivojlanish, o‘sish bo‘ladi. Shu bois, 13 ta tuman hokimi lavozimiga respublika idoralarida ishlagan, malakali kadrlarni qo‘ydik. bugungi sessiyada Surxondaryo viloyatiga hokim tayinlash bo‘yicha tashkiliy masalani ko‘rib chiqishimiz kerak. Viloyat deputatlari va faollari bilan maslahatlashib, viloyat hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich nomzodini bu lavozimga taklif qilaman. Ulug‘bek Qosimovga berilgan qisqa vaqt va imkoniyat Surxondaryodagi vaziyat va aholi tashvishlarini chuqur o‘rganish uchun yetarli, deb hisoblayman, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zA