Davlatimiz rahbari ishtirok etayotgan xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi sessiyasi davom etmoqda.

Prezident viloyatda oxirgi besh yilda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida 15 mingdan ziyod korxona ishga tushganini aytdi.

“Bugun yig‘ilishdan keyin ishga tushiriladigan 6 ta korxonada ham qo‘shimcha 2 mingta yangi ish o‘rni yaratildi, viloyat ishlab chiqarishiga 370 milliard so‘m, eksportiga 20 million dollar qo‘shiladi. 2022 yilda ishga tushgan “Zarchob-1” va “Zarchob-2” mikro GESlarida yiliga 201 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarilmoqda. Bugun ishga tushadigan “To‘palang GES”da yiliga yana 467 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarish qo‘shiladi”, — dedi davlat rahbari.

                                                                                O‘zA