FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “International Tashkent Hotel” mehmonxonasida “World Expo” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada dunyoning 19 ta mamlakatidan nufuzli universitet va o‘quv muassasalari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 15 ta xalqaro oliy o‘quv yurti va o‘quv muassasasi ishtirok etmoqda.
Ikki kun davom etadigan ko‘rgazmada ishtirokchilar mamlakatimiz hamda dunyoning yetakchi ta’lim muassasalarida mavjud mutaxassislik yo‘nalishlari, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishmoqda.
Otabek MIRSOATOV (surat), O‘zA