Yangi Zelandiyada yuz bergan “Gabriel” sikloni qurbonlari soni 9 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda “New Zealand Herald”. Avvalroq tabiiy ofat tufayli besh kishi halok bo‘lgani, 3 yarim mingdan ziyod odamning taqdiri noma’lumligi haqida xabar berilgan edi. Oxirgi ma’lumotga ko‘ra, 4 yarim ming kishi bilan aloqa o‘rnatib bo‘lmayapti. Shimoliy oroldagi Xoks-Bey ko‘rfazi hududida 37 mingdan ko‘proq uy elektr ta’minotidan uzilgan. Bu inshootlarning 31 yarim mingdan ortig‘i Neypiyer shahrida.
Siklon keltirib chiqargan vayronagarchilik natijasida qurbonlar ko‘payishi ehtimoli bor.