Portugaliya hukumati xorijliklarga investitsiya evaziga yashash huquqini berishdan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda payshanba kuni Respublika bosh vaziri Antoniu Koshta ma’lum qilgan, deb yozmoqda Publico gazetasi.

Vazirlar Mahkamasidan ma’lum qilinishicha, mamlakat hukumati yangi “oltin” viza berish tartibini bekor qiladi. Xabarda ushbu qaror  ko‘chmas mulk bo‘yicha qing‘irliklarga qarshi kurash choralari  doirasida  qabul qilinayotgani aytilmoqda.  

2012 yil oktyabrdan 2023 yil yanvargacha yashash huquqini taqdim etadigan 11,6  mingdan ziyod viza berilgan, natijada mamlakatga 6 milliard yevrodan ortiq investitsiya kirib kelgan. “Oltin” vizani eng ko‘p Xitoy, Braziliya va AQSH fuqarolari olgan. 2022 yil fevralda Portugaliya RF fuqarolariga xuddi shunday toifadagi viza berishni to‘xtatganini e’lon qilgan edi.