NATO Bosh kotibi o‘rinbosari Mircha Joane bugun, 25 yanvar kuni Shvetsiya mudofaa vaziri Pol Yonsonni qabul qiladi, deyiladi Shimoliy alyansning matbuot xizmati xabarida.

Uchrashuvda ko‘riladigan mavzular haqida aytilmagan. Shuningdek, mulozimlarning matbuot vakillari uchun brifing ham rejalanmagan.

Mahalliy “De Standaard” nashriga ko‘ra, muzokaralar Stokgolmdagi Qur’on yoqish hodisasi va Turkiya Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lib kirish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish jarayonini to‘xtatgani fonida bo‘lib o‘tadi.

Shimoliy alyansga a’zo 30 davlatdan 28 tasi, ya’ni Turkiya va Vengriyadan tashqari, Finlyandiya va Shvetsiyaning NATO kirish to‘g‘risidagi hujjatini mamlakatlar parlamentlarida ratifakatsiya qilingan.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Shvetsiya NATOning o‘tgan yil yozdagi Madrid sammitida Turkiya bilan imzolagan shartnomani bajarmayapti, Anqaraning Stokgolmda yashirib yurgan Kurdiston ishchi partiyasining jangarilari qaytarib berish talabini bajarmayapti.

 

O‘zA