Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoatda ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlarini ta’minlash, mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar etish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Qayd etilganidek, Xorazm hududiy sanoat hajmini 8,7 trillion so‘m reja qilgan bo‘lsa-da, mahalliylashtirishni kengaytirish hisobiga buni 10 trillion so‘mga yetkazish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar mavjud.

Yoki, Farg‘onada past quvvatda ishlayotgan 22 ta korxonani aylanma mablag‘lar bilan ta’minlab, qo‘shimcha 1,1 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish imkoni bor.

Shu kabi, Qashqadaryoda 8 ta yirik loyihaga infratuzilma masalasi tezroq hal qilib berilsa, 800 milliard so‘mlik qo‘shimcha zaxira yaratiladi.

Namanganda to‘liq quvvatda ishlayotgan va qo‘shimcha bozori bor 51 ta korxonani kengaytirib, qo‘shimcha 290 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish mumkin.

Yoki, 2023 yilda 100 ta mikro-GES qurish bo‘yicha loyihalar boshlanadi. Bu loyihalar uchun 10 million dollarlik uskuna zarur bo‘lib, ularni mahalliy korxonalarda bemalol ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.

O‘zA