Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasi mutasaddilari hamda o‘qituvchilar bilan muloqot qilmoqda.

–Bugun darsliklar o‘zgaryapti. Shunga yarasha o‘qituvchilar ham o‘zgarishi kerak. O‘zgarishlaringizga majbur qilamiz. O‘zgarmasangiz xayrlashamiz. Shuning uchun ham bugun sizlar bilan ko‘rishib, gaplashyapmiz.

Bugun kechagidek dars berishni qabul qilib bo‘lmaydi. Buni ota-onalar ham, o‘quvchilar ham qabul qilmaydi. Ota-onalarning ham mas’uliyatini oshirishimiz kerak.

O‘zim ham shanba-yakshanba kunlari nevaralarimning darslari bilan shug‘ullanaman. Ayniqsa, yakshanba kunlari vaqtim ko‘proq bo‘ladi, hamma darslarini birma-bir so‘rayman, – dedi Prezident.

O‘zA