Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida ta’lim sohasidagi islohotlar haqida murojaat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari yangi o‘quv darsliklari taqdimotida qiz farzandlar va ayollarni o‘qitish kerakligini ta’kidladi.

–Bolalarni kim tarbiya qiladi? Albatta, ayollar. Shuning uchun biz qizlarimizni, onalarimizni o‘qitishimiz kerak. Shunda jamiyatni o‘qitgan bo‘lamiz, – dedi Prezident.

 

O‘zA