Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida ta’lim sohasidagi islohotlar haqida murojaat qilmoqda.

Prezident Yangi O‘zbekistondagi tashabbuslarni, ayniqsa, ta’lim bo‘yicha islohotlarni chekka hududlarga ham kirib borishga harakat qilinayotgani haqida gapirdi.

–Biz avvalo ustozning, muallimning obro‘sini ko‘tarishimiz kerak. Aytish kerakki, biz 20 yilda o‘qituvchilarga e’tibor qaratmadik. Bundan kim yutqazdi? Albatta, biz.

Navoiyga borganimda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdim. Ulardan «sizlarni nima qiynayapti?», deb so‘radim. Ular javob bera olmadi. Savolga o‘zim javob berdim: «korxonalardagi yangi texnika, asbob-anjomlarni ishlatishda qiyinchiliklar bo‘lyaptimi?», degan edim, bir yigit bunga javoban «bilim yetishmayapti», dedi. Bu ham haqiqat, – dedi prezident.

Davlat rahbari har bir inson o‘zining ertanggi kuni bo‘lgan farzandlarni muallimga ishonib topshirishi haqida ham gapirdi.

–Oxirgi yillarda ta’limda o‘qituvchining kayfiyati, dars berishi o‘zgargani ham adolatli haqiqat. Men o‘zim ham ta’lim berganman, bilaman bu sohani. Oliy Majlisga yo‘llangan murojaatnomada aytilgan oltita yo‘nalishni bajarish azob. Lekin bugun qiynalmasak, ertaga natija bo‘lmaydi, – deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zA