–Mening katta niyatim – yurtdoshlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo bo‘lsin. Odamlarimiz o‘z omonatlarini investitsiya qilib, yuqori daromadlarga ega bo‘lsin.

Shuning uchun, topshiriq berdim. Keyingi yilda eng yirik 10 ta kompaniyalar va tijorat banklarimizni aksiyalari o‘z aholimiz uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi. Bu chinakam xalq “IPO”si bo‘lishiga ishonaman.

Shu borada ilgari ham aytgan gapimni takrorlashni o‘rinli, deb bilaman: xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi, — Sh.Mirziyoyev.

O‘zA