—Metallurgiya sohasida amalga oshirilayotgan katta dasturlarimiz, besh yildan keyin misni 3 barobarga (500 ming tonna), oltinni esa, yiliga 150 tonnagacha oshirish imkonini beradi.

Kimyo, avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligida ham katta-katta loyihalar ishga tushiriladi.

Shu bilan birga, faol investitsiyalar jalb qilishda xususiylashtirish va davlat-xususiy sherikchilik imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanish zarur.

Kelasi yili katta xususiylashtirishni boshlaymiz, mingga yaqin korxonalar savdoga chiqariladi, — dedi Prezident.

O‘zA