Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida nutq so‘zlab, Turkmaniston turkiy davlatlar bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.

— O‘tgan yili Turkmaniston Turkiy davlatlar tashkilotiga kuzatuvchi sifatida qo‘shilgan edi. Bu esa birodar davlatlar bilan hamkorligimizni yangi bosqichga ko‘taradi.  

Biz turkiy davlatlar bilan strategik masala sifatida iqtisodiyot, savdo, sanoat, energetika, transport,  ekologiya, madaniyat va insonparvarlik yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.

Biz ana shu yo‘nalishlar asosida o‘z mahsulotlarimiz, xizmatlarimiz va kapitallarimiz Yevroosiyo mintaqasida harakatlanishiga katta imkoniyat yaratadi, deb ishonaman.

Turkmaniston transport va energetika sohalaridagi hamkorlikni Turkiy davlatlar tashkilotining asosiy yo‘nalishlaridan, deb hisoblaydi. bugungi kunda biz global iqtisodiy o‘sishning harakatlantiruvchi kuchlari sifatida ushbu hamkorlikni chuqurlashtirimiz lozim deb o‘ylaymiz, – dedi Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi.

O‘zA