Bugun Camarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining asosiy tadbirlari boshlandi.

Kecha kechqurun Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida qatnashish uchun Samarqand shahriga yetib keldi.

Kecha sammitda ishtirok etayotgan davlat yetakchilari “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida daraxt ekdilar. Sharq xalqlari qadriyatiga ko‘ra, daraxt ekish – xayrli ish. Davlatlar rahbarlarining birgalikda ekkan daraxtlar ham Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlarining do‘stligi, yaxshi qo‘shnichiligi, taraqqiyot va ravnaq sari mushtarak intilishlari ramzidir.

Shuningdek, davlat yetakchilari “Boqiy shahar” bilan tanishdilar.

O‘zA