Namanganda “O‘zbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida do‘stlik festivali bo‘lib o‘tdi.
Viloyatdagi milliy madaniyat markazlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, badiiy jamoalar ishtirok etgan tadbirda yurtimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilayotgan alohida ta’kidlandi.
Festival doirasida bolalar ijodiyotiga oid ko‘rgazma tashkil etildi. Milliy madaniyat markazlari qoshida faoliyat yuritayotgan badiiy havaskorlik jamoalari ijrosidagi kuy-qo‘shiq va raqslar barchaga xushkayfiyat bag‘ishladi.
Hotam Mamadaliyev (surat) O‘zA