Fotoreportaj

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanidagi “Kusxanatov” ovul fuqarolar yig‘inining bo‘sh turgan binosida Marg‘ilon shahri tajribasi asosida tikuvchilik sexi tashkil etildi.

Mazkur tikuv sexida 10 ta zamonaviy tikuv mashinasi o‘rnatilib, 10 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlandi. Sexda bolalar va ayollar kiyimlari tikilmoqda. Shu mahallada yashovchi usta-chevar Dilbar Nurlipesova hudud xotin-qizlarini tikuvchilikka o‘rgatish maqsadida o‘quv markazi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Hozirda hudud yoshlari kasb-hunarga o‘qitilmoqda.