O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-iyundagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3030-son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fan va texnologiyalar agentligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fan va texnologiyalar agentligi hamkorlikda:
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi muammolarni ilmiy asoslarga tayangan holda yechishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirsin;
sohada malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tayanch doktorantura va doktorantura bosqichidagi ta’limni tashkil etishni ta’minlasin;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining ustuvor yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ustuvor yo‘nalishlar doirasida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini vazirlik tizimida amaliyotga tatbiq etish choralarini ko‘rsin.
3. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiruvchi Ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mazkur qaror e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Favqulodda vaziyatlar vaziri R.DJURAEV
Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktori M.BOLTABAYEV
Toshkent shahri, 2017-yil 7-avgust