Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
f a r m o n i
Qardosh Oʻzbekiston va Tojikiston xalqlari oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, mushtarak tarixiy meros, maʼnaviy qadriyat va anʼanalarni asrab-avaylash va boyitish borasidagi faol va samarali faoliyati, mamlakatlarimiz orasida oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlik va koʻp tomonlama strategik sherikchilikni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun quyidagilar ordenlar va faxriy unvonlar bilan mukofotlansin:
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Qohir Rasulzoda – Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri
Sirojiddin Muhriddin – Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Nizom Qosim -Tojikiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi
Tashpulat Gulmurodov – Tojikiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash sohasi xodimlari malakasini oshirish institutining kardiojarrohlik kafedrasi mudiri
“Doʻstlik” ordeni bilan
Ali Muhammadiyev – Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoʻlyozmalar merosi fondining boʻlim mudiri
Iftixor ShirindjonovichDjurayev – Tojikiston Respublikasi Geodeziya va yer boshqaruvi davlat qoʻmitasining chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi boshqarma boshligʻi
Raxim Marupov – Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasining S.Umarov nomidagi fizika va texnika instituti bosh xodimi
Hasan Berdiqulov – Tojikiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan
Adham Xoliqov – “S.Ayniy nomidagi opera va balet akademik teatri” davlat muassasasi badiiy rahbari
Davlat Xolov – Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Televideniye va radio qoʻmitasining “Falak” davlat ansambli badiiy rahbari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri,
2018 yil 29 avgust