Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida

1289

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

qarori

Mamlakatimizda moʻtabar ayol zotini ulugʻlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish, orzu-intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, oʻzining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarayotgan, ijtimoiy hayotda faollik va tashabbuskorlik koʻrsatayotgan qizlarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, sanʼat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari ilovadagi roʻyxatga muvofiq maʼqullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh.Kudbiyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti                                     Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2020-yil 4-mart

* * *

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-martdagi

PQ-4626-son qaroriga ilova

ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANGANLAR

R Oʻ Y X A T I

Ibragimova Nazokat Muxtarovna Qoraqalpoq davlat universitetining 1-bosqich magistranti
Nuratdinova Dinara Yelubay qizi Nukus davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi
Abdumoʻminova
Nigora Ixtiyorovna
Andijon mashinasozlik institutining 4-bosqich talabasi
Noʻmonova Zulfira Iqboljon qizi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 4-bosqich talabasi
(Andijon viloyati)
Rajabova Nilufar Komiljonovna Oʻzbekiston Milliy universitetining 2-bosqich talabasi (Buxoro viloyati)
Xolikova Nozima Nematilloyevna Buxoro davlat universitetining tayanch doktoranti
Ibragimova Vazira Xusan qizi Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining “Maʼrifat va hikmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati muharriri (Jizzax viloyati)
Ilxomova Sevara
Davron qizi
Jizzax politexnika institutining 3-bosqich talabasi
Norchayeva Madina Norchayevna Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 2-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)
Olimjonova Begoyim Mansur qizi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 42-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi
Omonboyeva Merey
Erali qizi
Navoiy davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi
Saparova Sitora Shaydullo qizi Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi
Azimova Dilafroʻz Alamxon qizi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
Tojiboyeva Olimaxon Ikromjon qizi Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining 9-sinf oʻquvchisi
Musulmonova Kamola Xusniddin qizi Samarqand davlat universitetining 2-bosqich magistranti
Usmanova Nurinisso Olimovna Samarqand davlat universitetining 1-bosqich talabasi
Muxamadiyeva Sitora Shuxratjon qizi Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi
Samatova Shahnoza Ortiqboy qizi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)
Abdurazaqova Ruxshona Ilhomjon qizi Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining 8-sinf oʻquvchisi
Qayimova Sabina Olimovna Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazining toʻgarak rahbari (Surxondaryo viloyati)
Boltayeva Mohira Matyoqub qizi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 1-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)
Jalolova Mohinur Ziyovuddin qizi P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining 11-sinf oʻquvchisi (Toshkent viloyati)
Xabibullayeva Nozima Xayrullo qizi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 1-bosqich magistranti (Fargʻona viloyati)
Xomidova Nasiba Yunusjon qizi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali 1-bosqich magistranti
Alimova Maxliyo
Maxmud qizi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 6-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)
Sharipbayeva Nazokat Quroltoy qizi Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)
Dzivinskaya Yuliya Stanislavovna 2-Respublika tibbiyot kollejining 3-bosqich oʻquvchisi (Toshkent shahri)
Togʻaymurodova
Shaxnoza Shuxrat qizi
Toshkent shahri Sergeli tumanidagi 300-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi

 

O’zA