1. Quyidagilar:
2019–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida mehmonxonalar qurilishining maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
mehmonxonalar tashkil etish boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
zamonaviy axborot texnologiyalari tatbiq etiladigan madaniyat muassasalari va obyektlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Madaniyat muassasalari va obyektlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda – Ishchi guruh) 4-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va unga quyidagi vazifalar yuklansin:
madaniyat muassasalari va obyektlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish boʻyicha minimal talablarni belgilash;
ikki oy muddatda tadbirkorlik subyektlarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida madaniyat muassasalari va obyektlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish boʻyicha eng yaxshi takliflarini tanlab olish va ular bilan shartnomalar tuzilishini taʼminlash;
3. Shunday mexanizmlar joriy etilsinki, ularga muvofiq:
a) mehmonxona qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi qurilish tugallangandan soʻng investorga mulk huquqi asosida sotilishi mumkin, moddiy madaniy meros obyektlarining hududi va muhofaza zonasi hamda qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yer uchastkalari bundan mustasno;
4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million soʻmni tashkil qiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlar xarajatlarini qoplash uchun Davlat byudjetidan mablagʻ ajratish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Belgilansinki, dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan (mehmonxona brendlarining top-50 reytingiga koʻra) foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan tashkilotlar uchun royalti franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi hajmda qisman moliyalashtiriladi:
dastlabki 50 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 200 AQSH dollari ekvivalentida;
dastlabki 30 ta 4 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 400 AQSH dollari ekvivalentida.
Bunda tashkilotlar uchun royaltini moliyalashtirishning umumiy hajmi koʻpi bilan 10 million AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻladi.
6. Qonunchilikka binoan mehmonxona xizmatlari yashash joyi (propiska), fuqarolik, jismoniy shaxslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek, shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qatʼi nazar koʻrsatilishi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsinki.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
xostellarni Mehmon uylari va xostellar reyestriga oʻrnatilgan tartibda kiritish talabini belgilagan holda xostellarning mehmonxona xizmatini majburiy sertifikatsiyalash talabi bekor qilinadi;
hududida turizm infratuzilmasi obyektlari, shu jumladan joylashtirish vositalari joylashgan yoki barpo etiladigan moddiy madaniy meros obyektlari oʻttiz yilga, biroq oʻn yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Bunda ijarachilar besh yillik ijara haqiga teng miqdorni oʻzlari joylashgan moddiy madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilishga yoʻnaltirish hamda moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash qoidalariga rioya qilish sharti bilan dastlabki besh yil uchun ijara haqi toʻlashdan ozod etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kichik tadbirkorlik subyektlariga turizm infratuzilmasi obyektlari, mehmonxonalar va sanitar-gigiyenik shoxobchalar barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya taqdim qiladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi turizm loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 2019–2021 yillar davomida har yili 1 fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga 5 million AQSH dollari ekvivalentidagi pul mablagʻlarini oʻtkazib borsin.
9. Belgilansinki, namunaviy, shu jumladan tarmoqli loyihalar asosida zamonaviy sanitar-gigiyenik shoxobchalarni qurish uchun 80-100 kvadrat metr oʻlchamda yer uchastkalarini elektron auksionga qoʻymasdan olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining iltimosnomasiga koʻra tadbirkorlik subyektlariga ustuvorlik huquqi taqdim etiladi.
ikki hafta muddatda tegishli hududda qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan mehmonxonalarni inventarizatsiyadan oʻtkazsin;
har chorakda sotilmagan yer uchastkalari va davlat mulki obyektlari roʻyxatiga ularni investorlar uchun jozibador boshqa yer uchastkalariga almashtirish orqali oʻzgartirishlar kiritib borsin;
har yili xostellar va mehmon uylarini tashkil qilish dasturini tasdiqlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda shaharlar va aholi punktlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda respublikaning har bir yirik shahrida xostellar va mehmon uylari tarmogʻini mavjud boʻlishini nazarda tutsin;
12. Quyidagilarga:
13. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga – joylardagi mahalliy davlat organlari tomonidan mehmonxona qurilishi uchun yer maydonlarini oʻz vaqtida ajratilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmuradov zimmasiga – tijorat banklari tomonidan kredit mablagʻlarini oʻz vaqtida ajratilishi, investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya masalalari boʻyicha xokim oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligi ustidan nazorat oʻrnatish vazifasi yuklansin.
14. 2022 yilning 1 yanvariga qadar olib kiriladigan turistlar tashrif buyuradigan joylarga oʻrnatiladigan antivandal sanitariya-gigiyena shoxobchalari, shuningdek, moddiy madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatrlar, galereyalar va belgilangan tartibda shakllantirilgan roʻyxatdagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar uchun moʻljallangan asbob-uskunalar, turniketlar, dasturiy taʼminot, toʻlovni amalga oshirish – maʼlumot olish terminallari, videokuzatuv uskunalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qaror doirasida olib kirilayotgan tovarlardan maqsadli foydalanish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Belgilansinki, tovarlardan maqsadsiz foydalanilganda holda yuqoridagi bojxona imtiyozlari qoʻllanilgan bojxona toʻlovlari summasi qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan ravishda davlat byudjetiga undirib olinadi.
15. Quyidagilar:
a) mehmonxonalar olishi kerak boʻlgan:
mehmonxona ichida joylashgan yoki unga tegishli boʻlgan alkogol mahsulotlari (bar, mini-bar, kafe, restoran) sotuvi bilan shugʻullanadigan umumiy ovqatlanish obyektlari va savdo nuqtalari uchun alohida ruxsat guvohnomasi;
aeroportdan, temir yoʻl/avtoyoʻl vokzallaridan mehmonxonaga va undan qaytishga, shuningdek, turizm obyektlariga oʻzining ijarachilari transport xizmatlarini koʻrsatishi uchun litsenziya;
b) shahar va shaharlararo yoʻlovchi tashuvchi tadbirkorlik subyektlaridan mahalliy va xorijiy fuqarolarga mamlakat boʻylab nomuntazam, shaharlararo yoʻlovchi tashish uchun tegishli litsenziyaga ega avtobus yoki kichik avtobus xizmatlarini koʻrsatish uchun qoʻshimcha litsenziya olish talablari bekor qilinsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi bir oy muddatda madaniyat obyektlari va muassasalariga kirish chipta narxlarini belgilash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
20. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh. Mirziyoyev