O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Kreativ iqtisodiyotning dunyo miqyosida iqtisodiy o‘sish, aholini ish bilan ta’minlash, madaniy-ijtimoiy va innovatsiyalar taraqqiyotidagi roli tobora ortib borayotganini e’tiborga olib, mamlakatimizda bu sohani milliy qadriyatimizni inobatga olgan holda jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jahonning ilg‘or tajribalari, zamonaviy ijodiy va innovatsion yutuqlarini hayotga samarali tatbiq etishni hamda kreativ iqtisodiyot bo‘yicha xalqaro miqyosda o‘zaro fikr-mulohaza almashish va hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Toshkent shahrining global muloqotlar va madaniy markaz sifatidagi nufuzini yanada oshirish maqsadida:

1. 2024 yil 2-4 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani (keyingi o‘rinlarda – Butunjahon anjumani) yuqori saviyada o‘tkazilsin.

2. Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda – Tashkiliy qo‘mita) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

Tashkiliy qo‘mita (A.N.Aripov) Butunjahon anjumanini yuqori darajada o‘tkazishga har jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rsin, vazirlik va idoralar tomonidan bu boradagi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi hamda ularning faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.

3. Butunjahon anjumani doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma):

a) Toshkent shahrida:

Zamonaviy san’at markazi huzuridagi Art-rezidensiyalarning tantanali foydalanishga topshirilishini tashkil qilsin;

Fransuz madaniyat markazi, Milliy restavratsiya markazi loyihalari, shuningdek, Abulqosim madrasasi va “Ohunguzar” madaniy meros ob’ektida kreativ iqtisodiyot клaстерлaрини yaratish loyihalari taqdimotlarini o‘tkazsin;

b) Butunjahon anjumaniga taklif etilgan ishtirokchilar, xalqaro ekspertlar, soha vakillari va keng jamoatchilikni jalb etgan holda:

Strategik islohotlar agentligi bilan birgalikda “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi qonun loyihasini takomillashtirishni tashkil etsin;

O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni 2025–2026 yillarda amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi loyihasi Butunjahon anjumani yakuni bo‘yicha ishlab chiqilishini ta’minlasin.

4. Butunjahon anjumani dasturiga muvofiq:

a) Jamg‘arma:

kreativ soha bo‘yicha Vazirlar йиғилishини (Ministerial meeting);

dunyo va mamlakatimiz kreativ soha vakillarining salohiyatini namoyish etishga qaratilgan maxsus ko‘rgazmani;

kreativ iqtisodiyot, uning ahamiyati va Butunjahon anjumani haqida aholini xabardor qilishga qaratilgan seminar va davra suhbatlari, maslahat uchrashuvlari, amaliy mashg‘ulotlar, taqdimotlar, tantanali taqdirlash marosimlari kabi tadbirlarni o‘tkazsin;

b) Madaniyat vazirligi yuksak bayramona ruhda madaniy-ma’rifiy, konsert-tomosha, shou dasturlar, filmlar namoyishлaрини tashkil etsin;

v) Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi hunarmandchilik, amaliy va tasviriy san’at mahsulotlari, esdalik sovg‘alari ko‘rgazma-сavdолaрини o‘tkazsin;

g) Turizm qo‘mitasi mehmonxonalarda zarur joylarni band qilsin, ixtisoslashtirilgan sayohatlar dasturlarини amalga oshirsin;

d) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari:

Butunjahon anjumani va uning doirasidagi tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirsin, sahna maydonlari va joylarni yuqori darajada tayyorlasin;

reklama bilbordlari va ekranlarida Butunjahon anjumani to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ijtimoiy axborot sifatida bepul joylashtirilishini tashkil etsin.

5. Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumanining Toshkent shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Tashqi ishlar vazirligi Jamg‘armaning viza talabnomalariga binoan, Butunjahon anjumanida ishtirok etadigan xorijiy ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlarni undirmasdan (bepul), zarur hollarda Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida rasmiylashtirilishini ta’minlasin.

7. Butunjahon anjumani va uning doirasidagi tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda:

Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi – jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash;

Sog‘liqni saqlash vazirligi – tibbiy yordam ko‘rsatish hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi bo‘yicha choralarni ko‘rsin.

8. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Jamg‘arma bilan birgalikda bir hafta muddatda ommaviy axborot vositalari uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lgan Butunjahon anjumanining matbuot markazi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ysin, shuningdek, tadbirni yuksak saviyada xalqaro miqyosda keng yoritish uchun xorijiy ommaviy axborot vositalarini jalb qilsin.

9. Belgilansinki:

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Tashkiliy qo‘mitaning Ishchi organi hisoblanadi;

“InterForum” davlat unitar korxonasi Butunjahon anjumanini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Bosh operator hisoblanadi;

vazirliklar va idoralarning birinchi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan topshiriqlar, shuningdek, Tashkiliy qo‘mita hamda Ishchi organning boshqa tezkor ko‘rsatmalari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

10. Bojxona qo‘mitasi Jamg‘arma buyurtmalariga muvofiq Butunjahon anjumanini o‘tkazishni tashkil etish uchun olib kiriladigan va olib chiqiladigan vaqtinchalik va doimiy yuklar, asbob-uskunalar, shuningdek, targ‘ibot-tashviqot mahsulotlarining bojxona hujjatlari soddalashtirilgan tarzda bojxona bojini undirmagan holda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.

11. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Butunjahon anjumanini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, uning moliyalashtirish manbalarini belgilash hamda xarajatlar smetasini tasdiqlash bo‘yicha qaror qabul qilsin.

12. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Butunjahon anjumanining mamlakatimizda o‘tkazilishining ahamiyati, ushbu xalqaro tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, uning doirasidagi tadbirlarni hamda mazkur qaror yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.

13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi G.O.Umerova hamda Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzaqov belgilansin.

Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi

           Prezidenti                        Sh.MIRZIYOEV

 

Toshkent shahri,

2024 yil 23 avgust