Xitoy o‘z firmalarini xorijiy qonunlardan himoya qiladigan yangi qoidalar joriy etib, AQSH sanksiyalariga qarshi turmoqda.

Dam olish kunlari e’lon qilingan o‘zgarishlardan ma’lum bo‘ldiki, Xitoy sudlari cheklovlarga rioya qilgan kompaniyalarni jazolashga kirishadi.

Donald Tramp AQSH milliy xavfsizligiga tahdid deb hisoblagan Xitoy kompaniyalarini nishonga olishda davom etmoqda. Shuningdek, qora ro‘yxatdagi firmalarga ehtiyot qismlar yetkazib bergan kompaniyalarga ham jazo qo‘llanadi.

Dushanba kuni Nyu-York fond birjasida ro‘yxatga olingan uchta yirik Xitoy telekommunikatsiya firmalarining aksiyalari o‘zlarining harbiylari bilan aloqadorlikda gumon qilinib ro‘yxatdan chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Trampning noyabr oyida imzolagan farmoniga ko‘ra, Nyu-York fond birjasi “China Mobile”, “China Telecom” va “China Unicom Hong Kong”ni savdolardan olib tashlashga qaror qilgan.

Delistinglar xitoylik firmalarga qarshi so‘nggi oylarda amalga oshirilgan harakatlar “Tik-Tok”, “Huawyei” va mikrochip ishlab chiqaruvchi “SMIC” kompaniyalarining ta’qib qilishiga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Tramp Xitoyning sakkizta dasturi orqali, jumladan, mashhur to‘lovlar platformasi “Alipay” va “Chat Pay” bilan operatsiyalarni taqiqlash to‘g‘risida farmonni imzolagan edi.

AQSH prezidenti bunday texnologik kompaniyalar Xitoy hukumati bilan ma’lumot almashishini da’vo qilmoqda. Ular esa buni rad etmoqda.