Qatar poytaxti Doha shahridagi «Lusail Multipurpose Hall” arenasida dzyudo bo‘yicha “Masters” turniri boshlandi.

Uch kun davom etadigan mavsumning ilk turnirida har bir vazn toifasida dunyoning kuchli 32 nafar dzyudochisi musobaqa medallari hamda Tokio Olimpiadasi yo‘lidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.

“Masters” turkumiga kiruvchi musobaqa g‘olibi pul mukofoti bilan birga 1800 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritadi. Kumush medal sohibi 1260, bronza medali egalari 900 reyting ochkosini o‘z hisoblariga qo‘shib qo‘yadi. Kuchli beshlikdan joy olgan dzyudochilar 648, 7-o‘rinni band etganlar esa 468 ochkoga ega bo‘ladi.

Musobaqaga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra, dzyudochilarimiz ilk raqiblarini bilib oldi:

-60 kg vazn toifasi (33 ishtirokchi)

Ikkinchi bosqich: Diyorbek O‘razboyev – Lenin Presiado (Ekvador)

Ikkinchi bosqich: Sharofiddin Lutfullayev – Islam Yashuyev (Rossiya)/Devid Pulkrabek (Chexiya)

-66 kg vazn toifasi (30 ishtirokchi)

Birinchi bosqich: Sardor Nurillayev – Villian Lima (Braziliya)

-73 kg vazn toifasi (30 ishtirokchi)

Birinchi bosqich: Hikmatulloh To‘rayev – Viktor Skvorsov (BAA)

-81 kg vazn toifasi (34 ishtirokchi)

Ikkinchi bosqich: Sharofiddin Boltaboyev – Didar Hamza (Qozog‘iston)

Ikkinchi bosqich: Kamoliddin Rasulov – Alfa Oumar Djalo (Fransiya)

-90 kg vazn toifasi (29 ishtirokchi)

Birinchi bosqich: Davlat Bobonov – Xatem Abd El Axer (Misr)

-100 kg vazn toifasi (28 ishtirokchi)

Birinchi bosqich: Muhammadkarim Hurramov – Kayxan O‘zchichek-Takagi (Avstraliya)

+100 kg vazn toifasi (31 ishtirokchi)

Birinchi bosqich: Bekmurod Oltiboyev – Levani Matiashvili (Gruziya)

QIZLAR

-52 kg vazn toifasi (30 ishtirokchi)

Birinchi bosqich: Diyora Keldiyorova – Ana Perez (Ispaniya)

-70 kg vazn toifasi (25 ishtirokchi)

Birinchi bosqich: Gulnoza Matniyozova – Madina Taymazova (Rossiya)