Osiyo chempionati boshlandi

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi.
Chempionatning dastlabki kunida yunon-rum kurashi bo‘yicha 55, 63, 77, 87 va 130 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifalarida bahslar o‘tkaziladi.
Quyida Osiyo chempionatining yunon-rum kurashi yo‘nalishida ishtirok etayotgan o‘zbek polvonlarining ilk bosqichdagi raqiblari bilan tanishasiz:
-55 kg: Jasurbek Ortiqov — Saxatsavat (Tailand)
-60 kg: Islomjon Bahromov — Firuz Mirzorajabov (Tojikiston)
-63 kg: Yelmurat Tasmuradov — Yernur Fidaxmetov (Qozog‘iston)
-67 kg: Mahmud Baxshilloev — Abdulkarim al Hasan (Suriya)
-72 kg: Alijon Huseynov — Aditya Kundu (Hindiston)
-77 kg: Bekzod Umarov — Pejman Poshtam (Eron)
-82 kg: Jalgasbay Berdimuratov — Samatbek Chonoraliev (Qirg‘iziston)
-87 kg: Rustam Assakalov — Behruz Hidoyat (Eron)
-97 kg: Muhammadali Shamsiddinov — Ali al Kabi (Iroq)
-130 kg: Daler Rahmatov — Singx Mexar (Hindiston)

 

Javohir Toshxo‘jaev, O‘zA