Rossiyalik, germaniyalik va belgiyalik olimlar insonning uzoq vaqt davomida koinotda boʻlishi uning bosh miyasidagi oʻzgarishlarni keltirib chiqarishini aniqlashdi. Bu haqda The New England Journal of Medicine maʼlumotida aytilgan.
Tadqiqotda 10 nafar kosmonavt ishtirok etgan va ular parvozdan keyin va bir necha oydan soʻng yana bir marta bosh miya MRT tekshiruvidan oʻtkazilgan. Taʼkidlanishicha, koinotda inson miyasidagi koʻkimtir va oq moddalar kamayib, orqa miya suyuqligi koʻpayadi. Tadqiqotchilar miyadagi bu oʻzgarishlar keyinchalik koʻrish bilan bogʻliq muammolarga sabab boʻlishi mumkinligini aytgan.
OʻzA