Xitoy delegatsiyasi Namanganda

Namangan viloyati hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahri xalq hukumati vakili Van Sinchun boshchiligidagi davlat idoralari masʼullari va tadbirkorlardan iborat delegatsiya ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston va Xitoy ishbilarmonlari tomonidan savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. Doʻstlik va investitsion hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha memorandum imzolandi. “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi.
Tadbir doirasida viloyatda faoliyat yuritayotgan 40 dan ziyod tadbirkor ishtirokida biznes-forum hamda ular ishlab chiqargan mahsulotlar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Delegatsiya aʼzolari “Istiqlol Texstil Dizayn” masʼuliyati cheklangan jamiyati, “Art Soft Tex” qoʻshma korxonasi va “Gold Fresh Fruits” eksportyor korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
3.jpg
4.jpg
12.jpg
14.jpg

 

Hotam Mamadaliyev (surat), OʻzA