Tramp AQSHdan millionlab muhojirlarni chiqarib yuborishga va’da berdi

Donald Tramp AQSH Prezidenti sifatidagi birinchi nutqida noqonuniy muhojirlarning Amerika hududiga kirishini cheklash, muhojirlarni ekstraditsiya qilish jarayoni boshlanishini bildirdi.
– Barcha noqonuniy harakatlar zudlik bilan to‘xtatiladi, millionlab jinoiy muhojirlar yurtiga qaytariladi, – dedi u.
Shuningdek, yetakchi ilk qadamlardan biri sifatida AQSHning janubiy chegarasidagi vaziyat bilan bog‘liq milliy favqulodda holat joriy etishga va’da berdi.