Tramp AQSHdan millionlab muhojirlarni chiqarib yuborishga va’da berdi

138

Donald Tramp AQSH Prezidenti sifatidagi birinchi nutqida noqonuniy muhojirlarning Amerika hududiga kirishini cheklash, muhojirlarni ekstraditsiya qilish jarayoni boshlanishini bildirdi.

– Barcha noqonuniy harakatlar zudlik bilan to‘xtatiladi, millionlab jinoiy muhojirlar yurtiga qaytariladi, –  dedi u.

Shuningdek, yetakchi ilk qadamlardan biri  sifatida AQSHning janubiy chegarasidagi vaziyat bilan bog‘liq milliy favqulodda holat joriy etishga va’da berdi.