O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayev boshchiligidagi delegatsiya Turkiya davlatiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya Turkiya jandarmeriyasining Bosh qo‘mondoni, armiya generali Ali Chardakchi tomonidan kutib olindi.
Tashrif davomida ikki tomonlama o‘zaro muzokaralar o‘tkazilib, unda Milliy gvardiyaning Turkiya jandarmeriyasi bilan bugungi kundagi hamkorligi muhokama qilindi. 2025 yilga mo‘ljallangan istiqbolli yo‘nalishlar belgilab olindi.
Shu bilan birga, tashrif davomida Jandarmeriya Bosh qo‘mondonligi, Jandarmeriya va sohil xavfsizligi Akademiyasi, Tibbiy-simulyatsion ta’lim markazi, Maxsus vazifalarni bajaruvchi brigada hamda Istanbul shahar “112” markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
N.Abduraimova, O‘zA