Poytaxtimizda IV Toshkent Aksilkorrupsiya forumi o‘z ishini boshladi.
Forumda Finlyandiya, Gruziya, Qozog‘iston, Koreya, Litva, Malayziya, AQSH, Ozarbayjon, Xitoy, Gongkong, Tojikiston kabi davlatlarning antikorrupsiya idoralari, bir qator xalqaro tashkilotlar rahbariyati va xodimlari, xalqaro ekspertlar hamda fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etmoqda.
Ayni paytda forumning yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumning ochilishida Oliy Majlis Senati vakillari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toivo Klar, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii, BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy vakili doktor Oliver Stolpe va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining «Samarali davlat boshqaruvi» dasturi menejeri, doktor Viktor Kessler chiqish qiladi.
Mazkur nufuzli forum Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Yevropa Ittifoqi, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
N. Abduraimova, N. Haydarov (surat), O‘zA