O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida “Tojikiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yil” mavzusidagi xalqaro parlament konferensiyasida ishtirok etdi.

Mazkur xalqaro anjuman parlamentlararo hamkorlik va muloqotni yanada mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, unda konstitutsiyaviy-huquqiy islohotlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, milliy va jahon konstitutsiyaviy taraqqiyotida global jarayonlarning mohiyatini aniqlash hamda jamiyatda konstitutsiyaviy qadriyatlarni ilgari surish bo‘yicha o‘zaro tajribalar bilan o‘rtoqlashildi.

Konferensiya doirasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stona aloqalar kengayib borayotgani, shu jumladan, parlamentlararo hamkorlik rivojlanayotgani ta’kidlab o‘tildi.

N.Abduraimova,

O‘zA