“O‘zarxiv” agentligida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, arxivlar o‘rtasidagi hamkorlikni amaliy ma’no-mazmun hamda muhim tashabbuslar bilan boyitish, bu yo‘nalishdagi aloqalarni kengaytirish va har tomonlama rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida arxiv bo‘ylab ekskursiya uyushtirilib, arxivda hujjatlar saqlovini ta’minlash, ularni restavratsiya va raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishtirildi.

Uchrashuv so‘ngida muhim kelishuvlarga erishildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA