O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar keng qamrovli strategik sheriklikning yangi bosqichiga ko‘tarildi. Unda transport masalasi yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda.
Barqaror transport bo‘yicha Global forum arafasida O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Mahkamov va Xitoy Xalq Respublikasi transport vaziri Li Syaopen o‘rtasida Pekin shahrida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Unda tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash uchun birgalikda hal etilishi lozim bo‘lgan bir qator muhim masalalarga to‘xtalib o‘tdi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi ma’lumotida.
Xususan, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini rasman boshlash marosimini o‘tkazish, xalqaro avtomobil tashuvlari to‘g‘risidagi yangi bitimni imzolash kabi mavzular o‘rtaga tashlandi. Bundan tashqari, milliy tashuvchilar uchun ham ruxsatnoma blankalari ayirboshlashning rasmiy kvotasini oshirish lozimligi qayd etildi.
A.RUSTAMOV, O‘zA